Bayramalida tug‘ilgan xonanda Akmal «Oltin grammofon» mukofotiga sazovor bo‘ldi

Amul Info · · bayramaly, mary

Bayramalida tug‘ilgan xonanda Akmal «Oltin grammofon» mukofotiga sazovor bo‘ldi

Turkmanistonning Bayramali shahrida tug‘ilgan xonanda Akmal Hojaniyozov ilk bor Rossiyaning «Oltin grammofon» musiqa mukofotiga sazovor bo‘ldi. U Grigoriy Leps bilan birgalikda ijro etgan «Shutka» qo‘shig‘i uchun ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimi 5-dekabr kuni Moskvada bo‘lib…

Turkmanistonning Mary viloyati Bayramali shahrida tug‘ilgan xonanda Akmal (Akmal Xojaniyozov) Rossiyaning nufuzli «Oltin grammofon» («Золотой Граммофон») musiqa mukofoti sovrindorlari qatoridan joy oldi. U ushbu mukofotga ilk bor sazovor bo‘ldi.

Akmal mazkur mukofotni rossiyalik xonanda Grigoriy Leps bilan birgalikda ijro etgan «Shutka» qo‘shig‘i uchun qo‘lga kiritdi. Mukofot topshirish marosimining 31-mavsumi g‘oliblari nomi «Russkoye radio» efirida e’lon qilindi.

Bu yil jami 34 ta qo‘shiq mualliflari va ijrochilari mukofot sohibiga aylandi. G‘oliblarni aniqlashda radioxit-parad natijalari, raqamli platformalardagi ko‘rsatkichlar, san’at vakillari va muxlislar hamjamiyatlarining fikrlari, shuningdek, bo‘lajak marosim uchun chipta sotib olgan tomoshabinlarning ovozlari hisobga olindi.

Mukofotning boshqa sohiblari orasida Filipp Kirkorov, Valeriya, Larisa Dolina, Ani Lorak, Sergey Lazarev, Yuriy Antonov, ANNA ASTI va Dima Bilan kabi taniqli ijrochilar ham bor. Filipp Kirkorov ikki qo‘shig‘i — «Davno vsyo xorosho» va «Luiza» uchun mukofot oldi.

«Oltin grammofon» mukofotini topshirish marosimi 2026-yil 5-dekabr kuni Moskvaning «VTB Arena» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Tadbir soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Akmal Xojaniyozov 2003-yil 23-noyabrda Turkmanistonning Mary viloyati Bayramali shahrida tug‘ilgan. U «Golos. Deti» televizion loyihasida ishtirok etganidan so‘ng keng tanildi. 2020-yildan buyon xonanda mustaqil ijodiy faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Источник: Amul Info