Yelena Ribakina Ningbodagi chempionlik unvonini himoya qildi

Amul Info ·

Yelena Ribakina Ningbodagi chempionlik unvonini himoya qildi

Qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina Xitoyning Ningbo shahrida o‘tgan ochiq chempionatda g‘alaba qozonib, o‘tgan yilgi chempionlik unvonini himoya qildi. U finalda kanadalik Leyla Fernandesni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu uning mavsumdagi to‘rtinchi, faoliyatidagi 15-kubogi bo‘ldi.

Qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina Xitoyning Ningbo shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq chempionatda g‘alaba qozonib, o‘tgan yilgi chempionlik unvonini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.

27 yoshli sportchi final uchrashuvida kanadalik Leyla Fernandesni ikki setda ham 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Ribakina joriy mavsumdagi to‘rtinchi, professional faoliyatidagi esa 15-kubogini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, qozog‘istonlik tennischi o‘tgan yili ham ushbu musobaqa finalida rossiyalik Yekaterina Aleksandrovani mag‘lub etib, chempion bo‘lgan edi.

Источник: Amul Info