O‘zbekiston «Artemida» kelishuvlariga qo‘shildi
Amul Info ·

O‘zbekiston Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tinch maqsadlarda o‘rganish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro hamkorlik tamoyillarini belgilovchi «Artemida» kelishuvlariga qo‘shildi. Hujjat 19-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio…
O‘zbekiston Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tinch maqsadlarda o‘rganish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro hamkorlik tamoyillarini belgilovchi «Artemida» kelishuvlariga qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Hujjat 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar yakunida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio tomonidan imzolandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston «Artemida» kelishuvlariga qo‘shilgan 77-davlat bo‘ldi.
Baxtiyor Saidovning ta’kidlashicha, ushbu xalqaro tashabbusda ishtirok etish O‘zbekiston uchun AQSh Milliy aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA), shuningdek, kelishuv ishtirokchisi bo‘lgan boshqa mamlakatlarning kosmik agentliklari bilan hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Kelishuv milliy mutaxassislarni tayyorlash va kosmik texnologiyalarni uzatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish uchun ham sharoit yaratadi.