Turkman oliy ta’lim muassasasi xalqaro huquq bo‘yicha I xalqaro tanlovni o‘tkazadi

Amul Info ·

Turkman oliy ta’lim muassasasi xalqaro huquq bo‘yicha I xalqaro tanlovni o‘tkazadi

Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlanish universiteti 7–11-dekabr kunlari xalqaro huquq bo‘yicha ilk xalqaro tanlovni onlayn shaklda tashkil etadi. Unda Turkmaniston va xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining huquq yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari qatnashishi mumkin. Jamoalarni…

Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlanish universiteti Turkmaniston hamda xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni xalqaro huquq bo‘yicha I xalqaro tanlovda ishtirok etishga taklif qilmoqda. Bu haqda Turkmanistonning rasmiy internet nashri xabar bermoqda.

Tanlov 7–11-dekabr kunlari onlayn shaklda jamoaviy musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Tadbirning ish tillari turkman va ingliz tillaridir.

Unda «Huquqshunoslik» va «Yurisprudensiya» yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Har bir oliy ta’lim muassasasidan uch nafar talabadan iborat faqat bitta jamoa qatnashishiga ruxsat beriladi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar hamda oliy ta’lim muassasalari jamoalariga rahbarlik qiladigan o‘qituvchilar 4-dekabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish universitetning rasmiy internet saytidagi «Olimpiadalar» bo‘limi orqali amalga oshiriladi. Ushbu bo‘limda bo‘lajak tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar ham joylashtirilgan.

Xalqaro tanlovning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy va ijodiy faolligini rag‘batlantirish, kasb tanlashiga ko‘maklashish hamda intellektual rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.

Tashkilotchilar ushbu tanlov turli mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning nazariy bilimlarini takomillashtirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirmoqda.

Источник: Amul Info