Tramp Habib Nurmagomedov va Islom Maxachevga Oq uyda lavozim taklif qildi

Amul Info ·

Tramp Habib Nurmagomedov va Islom Maxachevga Oq uyda lavozim taklif qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp UFC rahbari Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qilganini ma’lum qildi. Uayt taklifni qabul qilgan taqdirda, Xabib Nurmagomedov, Islom Maxachev va boshqa sportchilarni uning yordamchilari sifatida jalb etishni taklif qilgan. Bu haqda Tramp ijtimoiy…

AQSH Prezidenti Donald Tramp UFC tashkiloti rahbari Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qildi. Shuningdek, u ushbu taklif qabul qilingan taqdirda, rossiyalik sportchilar Habib Nurmagomedov va Islom Maxachevni Uaytning yordamchilari sifatida ishga jalb etishni taklif qilganini ma’lum qildi.

Tramp bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi. U yordamchilar sifatida Nurmagomedov va Maxachev bilan bir qatorda Jastin Getji, Amanda Nunes hamda Kayl Xarrisonning nomlarini ham tilga oldi. AQSH Prezidenti sanab o‘tilgan sportchilarning ayrimlari Amerika fuqarosi emasligini qayd etgan bo‘lsa-da, ularni ushbu lavozimlarga nomzod sifatida ko‘rsatganini bildirdi.

Trampning yozishicha, u nomlari tilga olingan sportchilarning Dana Uaytga yordam berishini istaydi. Shuningdek, AQSH rahbari Uaytni Oq uy matbuot kotibi lavozimini qabul qilishga chaqirdi.

Источник: Amul Info