Tailand 2027-yildan boshlab xorijiy sayyohlardan maxsus yig‘im olishni rejalashtirmoqda

Amul Info ·

Tailand 2027-yildan boshlab xorijiy sayyohlardan maxsus yig‘im olishni rejalashtirmoqda

Tailand 2027-yil o‘rtalaridan boshlab mamlakatga keladigan xorijiy sayyohlardan 450 bat miqdorida maxsus yig‘im olishni rejalashtirmoqda. Tushgan mablag‘lar sayyohlarni sug‘urtalash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va tabiiy yodgorliklarni muhofaza qilishga yo‘naltiriladi. Dastlab bu to‘lov…

Tailand 2027-yilning o‘rtalaridan boshlab mamlakatga keladigan xorijiy sayyohlardan 450 bat miqdorida maxsus yig‘im undirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mahalliy Matichon gazetasi mamlakat Turizm va sport vazirligida o‘tkazilgan muhokamalar yakunlariga tayanib xabar berdi.

Tailand Turizm va sport vaziri Surasak Phancharoenworakulning ta’kidlashicha, yig‘ilgan mablag‘lar xorijiy sayyohlarni sug‘urtalash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda mamlakatning tabiiy yodgorliklarini muhofaza qilishga yo‘naltiriladi.

Vazirning tushuntirishicha, ushbu tashabbus davlat budjetidan turizm sohasi ehtiyojlari uchun ajratilayotgan mablag‘larning yetarli emasligi sababli ilgari surilgan.

Yangi yig‘im dastlab, asosan, Tailandga havo transporti orqali keladigan xorijiy sayyohlarga nisbatan qo‘llanilishi kutilmoqda. Mamlakatga quruqlik va suv yo‘llari orqali kirib keladigan sayyohlardan maxsus yig‘im undirish masalasi esa keyingi bosqichga qoldirilgan.

Источник: Amul Info