Bitkoin narxi 65 ming dollardan pastga tushdi
Amul Info ·

2026-yil 15-noyabr kuni bitkoin narxi bir sutka ichida taxminan 5,9 foizga pasayib, 64,7 ming dollarni tashkil etdi. Shu tariqa, ushbu kriptovalyuta 19-avgustdan buyon ilk bor 65 ming dollarlik chegaradan pastga tushdi.
2026-yil 15-noyabrga o‘tar kechasi dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta — bitkoinning narxi bir sutka ichida qariyb 6 foizga pasayib, 65 ming AQSh dollaridan pastga tushdi. Bu haqda «RIA Novosti» savdo ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Savdo hajmi bo‘yicha eng yirik kriptovalyuta platformalaridan biri bo‘lgan Binance birjasida Moskva vaqti bilan soat 00:03 holatiga ko‘ra, bitkoinning narxi so‘nggi 24 soat ichida 5,9 foizga pasayib, 64 670,13 dollarni tashkil etdi.
Shunday qilib, birinchi kriptovalyutaning narxi 2026-yil 19-avgustdan buyon ilk bor 65 ming dollarlik chegaradan pastga tushdi.