Pashinyan Armanistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasi kelasi hafta e’lon qilinishini bildirdi
Amul Info ·

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning yangi Konstitutsiyasi dastlabki loyihasi kelasi hafta jamoatchilikka taqdim etilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, yangi Konstitutsiyani qabul qilish hukumat dasturining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Pashinyan referendumda loyiha…
Armanistonning yangi Konstitutsiyasi dastlabki loyihasi kelasi hafta jamoatchilikka taqdim etiladi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan Hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi. Bu haqda «INTERFAX.RU» nashri xabar bermoqda.
Pashinyanning ta’kidlashicha, yangi Konstitutsiyani qabul qilish hukumat dasturida muhim o‘rin tutadi. Hozirda hujjat loyihasi yuzasidan mazmunli muhokamalar yakunlari asosida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Armaniston Bosh vaziri yangi Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum natijalariga qarab, o‘zining siyosiy kelajagi haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, agar xalq umumxalq ovoz berishida yangi Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlamasa, u lavozimidan iste’foga chiqadi. Agar loyiha xalq tomonidan ma’qullansa, navbatdagi saylovlarda hukumat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar beradi.