Turkmaniston, Eron va Qozog‘iston mintaqada qo‘shma raqamli yo‘lak tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi
Amul Info ·

Turkmaniston, Eron va Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlarini Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan bog‘laydigan qo‘shma raqamli yo‘lakni yaratish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Kelishuv Dohada Xalqaro elektraloqa ittifoqining PP-26 konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan uch tomonlama uchrashuvda…
Turkmaniston, Eron va Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors ko‘rfazi hamda uning atrofidagi davlatlar bilan bog‘laydigan qo‘shma raqamli yo‘lakni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Kelishuv Qatar poytaxti Dohada Xalqaro elektraloqa ittifoqining (ITU) PP-26 vakolatli vakillari konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan uch tomonlama uchrashuvda amalga oshirildi. Unda Turkmaniston aloqa vaziri Hajymyrat Hudaygulyýew, Eron axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Seyed Sattar Hashemi hamda Qozog‘iston sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish bo‘yicha vitse-vaziri Doszhan Musaliyev ishtirok etdi.
Tomonlarning dastlabki kelishuviga muvofiq, kelgusidagi hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va shartlari navbatdagi muzokaralarda muhokama qilinadi. IRNA agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yakuniy kelishuv yaqin vaqt ichida imzolanishi kutilmoqda.
Turkmanistonning Qatardagi elchixonasi xabariga ko‘ra, aloqa vaziri Hajymyrat Hudaygulyýew boshchiligidagi Turkmaniston delegatsiyasi 9–27-noyabr kunlari o‘tkazilayotgan ITUning PP-26 konferensiyasida ishtirok etish uchun Doha shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida vazir ITU Bosh kotibi Doreen Bogdan-Martin, Qatar Kiberxavfsizlik agentligi rahbari Abdulrahman bin Ali Al-Farahid Al-Malki hamda Qatar aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Mohammed bin Ali bin Mohammed Al-Mannai bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.