O‘zbekcha — AQShdagi tabiiy suv favvorasi

Amul Info ·

O‘zbekcha — AQShdagi tabiiy suv favvorasi

AQShdagi tabiiy suv favvorasi: kamalak rangli Fly geyzeri 🌈💦 AQShning Nevada shtatidagi Qora toshli cho‘lda joylashgan Fly geyzeri o‘ziga xos tabiiy mo‘jizalardan biridir. Undan vaqti-vaqti bilan harorati 100°C gacha yetadigan issiq suv otilib chiqadi. Geyzer 1916-yilda mahalliy aholi ichimlik…

AQShning Nevada shtatidagi Qora Tosh cho‘lida joylashgan Fly geyzeri dunyodagi eng go‘zal tabiiy mo‘jizalardan biridir. Vulqon otilishi natijasida hosil bo‘lgan bu go‘zallikdan vaqti-vaqti bilan yuqoriga issiq suv otilib chiqadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1916-yilda mahalliy aholi suv izlab quduq qazigan. Natijada u yerdan ichimlik suvi emas, balki issiq suv chiqqan.

1964-yilda hosil bo‘lgan rang-barang Fly geyzeri olimlarni hayratga soladigan geologik mo‘jizalardan biridir. Fly geyzeridan otilib chiqadigan suvning harorati 100 darajagacha yetadi. Suv tarkibida kalsiy karbonat mavjudligi sababli bu yerda balandligi 3–4 metr bo‘lgan, tashqi yuzasi silliq, ammo notekis tepaliklar hosil bo‘lgan. Qoyalarning yuzasida issiqqa chidamli suv o‘tlari o‘sadi. Aynan shu suv o‘tlari geyzerga yashil va qizil ranglar beradi. Qoyaning hajmi va rangi yildan-yilga o‘zgarib turadi. Yashilimtir-qizg‘ish va sarg‘ish-jigarrang mineral tepaliklar tangalar tashlanadigan qutichaga o‘xshaydi.

Источник: Amul Info