Toyota Xitoy bozori uchun Crown Sedan modelining Premium Edition va Supreme Edition maxsus talqinlarini taqdim etdi
Amul Info ·

«Toyota Motor» kompaniyasi Xitoy bozori uchun Crown sedanining Premium Edition va Supreme Edition nomli yangi versiyalarini namoyish etdi. Modellar ikki rangli kuzovi, to‘q rangli radiator panjarasi romi hamda 19 yoki 20 dyuymli g‘ildirak disklari bilan ajralib turadi. Har ikkala avtomobil 2,5…
«Toyota Motor» kompaniyasi Crown Sedan sedanining chap rulli boshqaruvga ega ikki yangi maxsus jihozlangan talqinini — Premium Edition va Supreme Edition modellarini namoyish etdi. Yangi avtomobillar Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan.
Yangi talqinlarning standart modeldan asosiy farqi, avvalo, tashqi bezak xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Har ikki model ikki rangli kuzov bilan taklif etiladi. Xaridorlar Crystal Silver/Crystal Black (kumushrang va qora) hamda Crystal Silver/Crystal White (kumushrang va oq) rang uyg‘unliklaridan birini tanlashlari mumkin.
Radiator panjarasining ramkasi to‘q rangda ishlangan. Shuningdek, avtomobillar jihozlariga uzoqni yorituvchi faralar yorug‘ligini avtomatik sozlash tizimi kiritilgan. Premium Edition talqiniga 19 dyuymli, Supreme Edition modeliga esa 20 dyuymli g‘ildirak disklari o‘rnatilgan. Salonning charm qoplamasi qora yoki och jigarrang rangda taqdim etiladi.
Xitoyda Toyota Crown Sedan’ning yangi maxsus talqinlari faqat gibrid kuch qurilmasi bilan taklif qilinadi. U 185 ot kuchiga ega 2,5 litrli benzin dvigateli va quvvati 178 ot kuchiga teng elektr dvigatelidan tashkil topgan. Yoqilg‘i bakining hajmi 84 litrni tashkil etadi, avtomobil esa orqa g‘ildiraklar orqali harakatlanadi.
Xitoy bozorida Toyota Crown Sedan’ning yangi talqinlari narxi 44 ming AQSh dollaridan boshlanadi.
Crown modeli Turkmanistonda ham bir necha yildan buyon talab yuqori bo‘lgan avtomobillar qatoridan joy olib kelmoqda.