JSST koronavirusning yangi PJ.2.1 shtammi haqida ma’lumot berdi
Amul Info ·

JSST koronavirusning yangi PJ.2.1 varianti haqida ma’lumot berdi. Uning alomatlari oddiy shamollash yoki gripp belgilariga o‘xshashi mumkin. Infeksiya turini aniq aniqlash uchun laboratoriya tekshiruvlari zarur. Rossiyaning «Rospotrebnadzor» idorasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu variant kasallikning…
PJ.2.1 deb nomlangan koronavirusning yangi turi belgilari oddiy shamollash yoki gripp alomatlariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) tayanib, «MIR 24» xabar berdi.
JSST mutaxassislarining ta’kidlashicha, faqat bitta alomatga qarab inson qaysi infeksiyani yuqtirganini aniq belgilash mumkin emas. Shu sababli to‘g‘ri tashxis qo‘yish, tegishli davolash usulini tanlash va epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib samarali qarorlar qabul qilish uchun laboratoriya tekshiruvlari zarur.
Rossiyaning «Rospotrebnadzor» idorasi ham PJ.2.1 shtammi haqida ma’lumot berdi. Idora xabariga ko‘ra, yangi turning o‘ziga xos xususiyatlariga qaramay, u koronavirusning boshqa variantlariga nisbatan kasallikning og‘irroq kechishiga yoki qo‘shimcha asoratlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmaydi.