Nyu-Yorkda bosh Rojdestvo archasi o‘rnatildi

Amul Info ·

Nyu-Yorkda bosh Rojdestvo archasi o‘rnatildi

Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazi maydoniga balandligi 23 metrdan oshadigan an’anaviy Rojdestvo archasi o‘rnatildi. Norvegiya archasi Nyu-York shtatining shimoliy hududidan olib kelingan. Uning chiroqlari 2-dekabr kuni tantanali ravishda yoqiladi. Shaharda Rojdestvo va Yangi yil bayramlariga…

AQShda yangi yil bayramlarining asosiy ramzlaridan biri hisoblangan Rojdestvo archasi Nyu-York shahridagi Rokfeller markazi oldida o‘rnatildi.

Bo‘yi 23 metrdan oshadigan norveg archasi AQShning Nyu-York shtati shimoliy qismidan olib kelinib, Beshinchi va Oltinchi avenyular oralig‘ida joylashgan Rokfeller markazi maydoniga tiklandi.

«RIA Novosti» agentligining xabar berishicha, archa chiroqlari 2-dekabr kuni tantanali marosimda yoqiladi. Shu tariqa, shaharda Yangi yil va Rojdestvo bayramlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Источник: Amul Info