Keniya poytaxti Nayrobida qurilayotgan ko‘p qavatli bino qulab tushdi

Amul Info · · g184745

Keniya poytaxti Nayrobida qurilayotgan ko‘p qavatli bino qulab tushdi

Keniya poytaxti Nayrobining Istli tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli bino qulab tushdi. Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hozircha bir kishi qutqarilgani xabar qilinmoqda. 🙏 Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni izlashda davom etmoqda.

Keniya poytaxti Nayrobida qurilishi davom etayotgan ko‘p qavatli bino qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida 100 nafarga yaqin odam qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Belta.by” “Arab News” nashriga tayanib xabar berdi.

Hodisa Nayrobining aholi zich joylashgan, biznes obyektlari va turar joylari bilan tanilgan Istli tumanida yuz berdi.

Ayni paytda hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Binoning ikkita baland inshoot orasida joylashgani qutqaruvchilarning vayronalar orasiga kirishini qiyinlashtirmoqda.

Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha bir kishi qutqarib qolingan. Vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni izlash va ularga yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.

Binoning qulash sabablari va hodisada jabrlanganlar soni haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Источник: Amul Info