Ronaldu xet-trik qayd etib, faoliyatidagi gollar sonini 985 taga yetkazdi

Amul Info ·

Ronaldu xet-trik qayd etib, faoliyatidagi gollar sonini 985 taga yetkazdi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Xolud»ga qarshi uchrashuvda het-trik qayd etib, «Al-Nasr»ning 5:3 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Bu portugaliyalik hujumchining faoliyatidagi 67-het-trik bo‘lib, umumiy gollari soni 985 taga yetdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng «Al-Nasr»…

Saudiya Arabistoni futbol chempionatining 12-turida «Al-Nasr» o‘z maydonida «Al-Xulud» jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning bosh qahramoni portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. U raqib darvozasiga uchta gol urdi.

G‘oliblar safida Gabriel Anjelo 24-daqiqada, Sadio Mane esa 38-daqiqada gol muallifiga aylandi. Krishtianu Ronaldu 66-, 72- va 81-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mehmonlar tarkibida Jyulyen Dominges (16- va 90+4-daqiqalar) hamda Loik Essomba (45+2-daqiqa) gol urdi.

Mazkur xet-trik Ronaldu uchun professional faoliyatidagi 67-hisoblandi. Portugaliyalik futbolchi 2024-yil may oyidan buyon ilk bor rasmiy uchrashuvda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda u Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Vahda»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan va uchrashuv 6:0 hisobida yakunlangan edi.

Shu tariqa, Ronalduning faoliyati davomidagi gollari soni 985 taga yetdi. U futbol tarixidagi eng sermahsul o‘yinchilardan biri sifatida o‘z natijasini yaxshilashda davom etmoqda.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Al-Nasr» ochkolar soni bo‘yicha chempionat peshqadami «Al-Qodisiya» bilan tenglashdi. Ayni paytda har ikki jamoa hisobida 28 ochko mavjud.

Keyingi turda «Al-Nasr» 6-noyabr kuni safarda «Al-Hazm» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Источник: Amul Info