Astonada Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o'rtasida sun'iy intellekt bo'yicha C5+1 uchrashuvi bo'lib o'tadi

Amul Info ·

Astonada Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o'rtasida sun'iy intellekt bo'yicha C5+1 uchrashuvi bo…

29–30-sentabr kunlari AI MONTH 2026 doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvda sun’iy intellektni xavfsiz joriy etish, huquqiy tartibga solish, mutaxassislar tayyorlash va raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Qozog'iston poytaxti Astana shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQShning sun'iy intellekt sohasidagi hamkorligiga bag'ishlangan C5+1 uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mintaqadagi texnologiya sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tadbir 29–30-sentabr kunlari "AI MONTH 2026" texnologiya oyligi doirasida o'tkaziladi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh o'rtasida sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va ularni xavfsiz tarzda joriy etish bo'yicha hamkorlikning kelgusidagi yo'nalishlari ko'rib chiqiladi. Davlat idoralari, tegishli tarmoq tashkilotlari, xalqaro tuzilmalar va IT-hamjamiyati vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.

M muzokaralarning asosiy yo'nalishlari qatorida sun'iy intellektni huquqiy jihatdan tartibga solish, ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qo'shma hisoblash infratuzilmasini rivojlantirish hamda texnologiya sohasida mustaqillikni kuchaytirish kabi masalalar bo'ladi.

Tadbir doirasida kiberxavfsizlik bo'yicha xalqaro KazHackStan konferensiyasini o'tkazish ham rejalashtirilgan. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan 100 dan ortiq mutaxassis ma'lumotlarni himoya qilish, zararli dasturiy ta'minotni tahlil qilish va sun'iy intellektning jadal rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan yangi kiber tahdidlarni muhokama qiladilar.

"AI MONTH 2026" ning asosiy voqealaridan biri 1–3-oktabr kunlari o'tkaziladigan "AI & Digital Bridge 2026" xalqaro forumi bo'ladi. Forum dasturiga sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar bilan bog'liq qator xalqaro tadbirlar kiritilgan.

Ularning orasida OpenAI va NVIDIA kompaniyalari hamkorligida o'tkaziladigan "HackAlem AI" xalqaro hakatoni, Yevroosiyo venchur jamg'armalari vakillarini bir yerga jamlovchi "LP Summit" investitsiya sammiti hamda "Astana AI Film Festival" xalqaro kino festivali bor. "HackAlem AI" hakatonining mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSh dollariga yetishi ta'kidlanmoqda.

"AI MONTH 2026" doirasidagi tadbirlar Markaziy Osiyoda sun'iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik va texnologik tadbirkorlik bo'yicha mintaqalararo hamkorlik borgan sari kengayib borayotganini ko'rsatadi. Bunday xalqaro platformalar yangi raqamli yechimlarni muhokama qilish, tajriba almashish va sun'iy intellekt texnologiyalarining iqtisodiyotning turli sohalariga joriy etilishi bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi.

Источник: Amul Info