TenderGPT Biznes xaridlari va hamkorlikni raqamlashtirmoqda
Amul Info ·

O'zbekistonlik mutaxassislar tomonidan yaratilgan TenderGPT platformasi biznesga ishonchli yetkazib beruvchilarni topish va xarid jarayonlarini avtomatlashtirishda yordam beradi.
Bugungi kunda ko'plab kompaniyalar yangi buyurtmalar va ishonchli hamkorlarni izlash uchun ko'p vaqt sarflamoqda. Shu muammoni hal qilish maqsadida tajribali mutaxassislar TenderGPT loyihasini ishga tushirdilar. Hozirgi kunda platforma 28 mingdan ortiq yetkazib beruvchi va 30 dan ziyod yirik buyurtmachilarni, jumladan Dehqonobod kaliy zavodi, Asian Chemical Group va Wildberries kabi kompaniyalarni birlashtirgan. Bozor tahlillariga ko'ra, xaridlarni pochta va messenjerlar orqali boshqarish xarajatlarni nazorat qilishni qiyinlashtiradi va qaror qabul qilishni sekinlashtiradi. Loyihaning asosiy maqsadi — biznes xaridlarini shaffof, qulay va raqamli formatga o'tkazish, shuningdek sun'iy intellekt yordamida jarayonlarni optimallashtirishdir.