BMW ixtiyoriy ravishda ishdan ketadigan xodimlariga 650 ming yevrogacha to‘lov taklif qilmoqda
Amul Info ·

Germaniyaning BMW avtomobil konserni ixtiyoriy ravishda ishdan ketishga rozi bo‘lgan ayrim xodimlariga 650 ming yevrogacha kompensatsiya taklif qilmoqda. Kompaniya 2027-yil oxirigacha qariyb 8 mingta ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirgan. To‘lov miqdori har bir xodimning holatiga qarab…
Germaniyaning BMW avtomobil konserni ixtiyoriy ravishda ishdan ketishga rozi bo‘lgan ayrim xodimlariga 650 ming yevrogacha (taxminan 730 ming AQSH dollari) miqdorida pul kompensatsiyasi taklif qildi. Bu haqda «Handelsblatt» nashri kelishuvning maxfiy nusxasiga tayanib xabar berdi.
Kompaniya 2027-yil oxirigacha qariyb 8 mingta ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Ixtiyoriy ravishda ishdan ketish taklifi xodimlar orasida katta qiziqish uyg‘otgani ta’kidlanmoqda.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, xodimlar 2027-yil 31-mart yoki 31-oktabrgacha ishdan ketishlari mumkin. Ish faoliyatini ertaroq yakunlashga rozi bo‘lgan xodimlarga yanada qulay shartlar taklif etiladi. Kompensatsiyaning aniq miqdori har bir xodimning holatidan kelib chiqib alohida belgilanadi.
Xodimlarga tegishli to‘lovni bir yo‘la olish yoki uni pensiya hisobiga o‘tkazish imkoniyati beriladi. Shuningdek, xodimlarning bir qismi ayrim imtiyozlardan foydalanishda davom etishi mumkin. Ular orasida yangi va ishlatilgan BMW avtomobillarini chegirmali narxlarda xarid qilish imkoniyati ham bor.
Kompaniyaning ushbu tashabbusi xodimlar sonini ixtiyoriy ravishda kamaytirish va xarajatlarni optimallashtirishga qaratilgan.