Qatar Davlat taraqqiyot banki texnologik startaplarga 5,5 million dollargacha sarmoya kiritadi

Amul Info ·

Qatar Davlat taraqqiyot banki texnologik startaplarga 5,5 million dollargacha sarmoya kiritadi

Qatar Davlat taraqqiyot banki ilk bosqichdagi startaplar uchun 1,1 mln dollargacha va Qatar bozoriga kirayotgan tajribali kompaniyalar uchun 5,5 mln dollargacha sarmoya ajratadi.

Qatar Davlat taraqqiyot banki (QDB) innovatsion va texnologik loyihalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiya dasturlarini e'lon qildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ilk bosqichdagi — prototip yoki MVP darajasidagi loyihalarga ega bo'lgan startaplar 1,1 million AQSH dollarigacha bo'lgan sarmoyani qo'lga kiritishlari mumkin. Moliyalashtirish kelishilgan bosqichlar asosida transhlar ko'rinishida ajratiladi. Kapital bilan bir qatorda, asoschilar va ularning jamoalariga viza ko megi, ko'chib o'tish davrida subsidiyalangan uy-joy hamda kompaniyani ro'yxatdan o'tkazishda imtiyozlar taqdim etiladi.

3 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan va Qatar bozoriga kirishni rejalashtirayotgan tajribali kompaniyalar uchun esa 5,5 million dollargacha bo'lgan alohida investitsiya yo'nalishi ko'zda tutilgan. Ushbu tashabbus Qatarning xalqaro texnologik iste'dodlarni jalb qilish va hududda innovatsiya ekotizimini rivojlantirish strategiyasining bir qismidir.

Источник: Amul Info