Xitoyda ishlab chiqarilgan ikkinchi yirik kruiz kemasi foydalanishga topshirildi
Amul Info · · g1796236

Xitoyda qurilgan ikkinchi yirik kruiz kemasi — «Adora Flora City» Shanxayda rasman buyurtmachiga topshirildi. Uzunligi 341 metr bo‘lgan kema 2 130 ta yo‘lovchi xonasiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 5 200 nafardan ortiq kishini qabul qila oladi. 9-noyabr kuni Shanxaydan Guanchjou tomon yo‘l olgan…
Xitoyda ishlab chiqarilgan «Adora Flora City» nomli ikkinchi yirik kruiz kemasi Shanxay shahrida o‘tkazilgan rasmiy marosimda buyurtmachiga topshirildi. 9-noyabr kuni kema Shanxay portidan o‘zining asosiy bazaviy porti joylashgan Guanchjou shahriga yo‘l oldi.
«Turkmenistaninfo» nashrining xabar berishicha, safar davomida kemaning sinov suzishi o‘tkaziladi. Sinov jarayonida kruiz kemasining odatiy tijorat faoliyatiga yaqin sharoitda yo‘lovchilarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati tekshiriladi.
«Adora Flora City» kemasining asosiy xususiyatlaridan biri uning katta o‘lchamidir. Kemaning uzunligi 341 metrni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich ketma-ket joylashtirilgan uchta standart futbol maydonining umumiy uzunligidan ham ortiq.
Kemada jami 2 130 ta yo‘lovchi kabinasi mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 5 200 dan ortiq kishini qabul qilishga mo‘ljallangan. Bu sig‘im quruqlikdagi o‘rtacha besh yulduzli oltita mehmonxonaning imkoniyatlariga tenglashtiriladi.