Krishtianu Ronaldu mineral suv ishlab chiqarishga 10 million yevro sarmoya kiritdi

Amul Info ·

Krishtianu Ronaldu mineral suv ishlab chiqarishga 10 million yevro sarmoya kiritdi

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu yangi mineral suv brendini yaratish loyihasiga 10 million yevro sarmoya kiritdi. SIC Notícias xabariga ko‘ra, Grupo Outeirinho kompaniyasi ham loyihaga 10 million yevro ajratgan. Natijada umumiy investitsiya miqdori 20 million yevroga yetdi. Ronaldu…

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu yangi mineral suv brendini yaratish loyihasiga 10 million yevro sarmoya kiritdi. U «Grupo Outeirinho» kompaniyasi bilan birgalikda loyihaning hamkor egalaridan biriga aylandi. Bu haqda «SIC Notícias» xabar bermoqda.

«Grupo Outeirinho» kompaniyasi ham loyihaga 10 million yevro sarmoya kiritdi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun rejalashtirilgan jami investitsiyalar hajmi 20 million yevroni tashkil etdi. Umumiy investitsiyalarning 50 foizi Ronaldu hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hozirda Portugaliyaning Bragansa mintaqasidagi Gostey aholi punktida mineral suv ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda. Qurilishni yakunlash hamda mahsulotlarni 2027-yil oxirigacha Portugaliya va xalqaro bozorlarga chiqarish rejalashtirilgan.

Yangi brend dizayni Italiyaning dizayn kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. «Grupo Outeirinho» ma’lumotlariga ko‘ra, loyihaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida o‘nlab yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Kompaniya Portugaliya suv bozorining 45 foiziga egalik qilishini ham ta’kidlaydi.

Krishtianu Ronaldu avval ham mineral suv ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarda ishtirok etgan. U 2023-yil iyun oyida Madridda taqdim etilgan «Ursu9» mineral suv brendining ham hamkor egalaridan biri bo‘lgan.

Источник: Amul Info