Islandiyadagi fil shaklidagi qoya sayyohlarni hayratga solmoqda

Amul Info ·

Islandiyadagi fil shaklidagi qoya sayyohlarni hayratga solmoqda

slandiyaning Xeymey orolidagi Fil qoyasi ulkan filga o‘xshash ko‘rinishi bilan sayyohlarni hayratga solmoqda. Bazalt jinsidan tashkil topgan ushbu tabiiy shakl ming yillar davomida geologik jarayonlar va eroziya ta’sirida yuzaga kelgan deb taxmin qilinadi. U mamlakatning diqqatga sazovor tabiiy…

Islandiyaning Vestmannaeyar arxipelagidagi Xeymey orolida joylashgan Fil qoyasi (Halldórsskor) tabiatning ajoyib ijod namunalaridan biri hisoblanadi. Ulkan filni eslatuvchi g‘ayrioddiy ko‘rinishi bilan ushbu qoya sayyohlarning e’tiborini tortmoqda.

Bazalt tog‘ jinsidan tashkil topgan qoya 1973-yilda Eldfell vulqonining otilishi bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan, degan taxminlar mavjud. Biroq ko‘plab olimlar uning o‘ziga xos shakli minglab yillar davomida geologik jarayonlar va eroziya ta’sirida yuzaga kelganini ta’kidlaydilar.

Xeymey orolining shimoli-g‘arbiy sohilida joylashgan qoya uzoqdan qaralganda, tanasining bir qismi suvga botgan filni eslatadi. Uning yuzasida filning boshi, qulog‘i, ko‘zi va xartumi kabi asosiy belgilari yaqqol ko‘rinadi.

Fil qoyasi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar ham mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, jazolangan fil orolga surgun qilingan, qoya yaqinida uxlab qolgan va keyinchalik toshga aylangan. Boshqa bir rivoyatda esa bu shaklni mahalliy aholi o‘zlari o‘yib yaratgani aytiladi.

So‘nggi yillarda okean to‘lqinlarining qirg‘oqqa kuchli urilishi natijasida qoya yuzasida turli chuqurchalar va shakllar paydo bo‘lgan. Tabiiy kuchlar ta’sirida shakllangan ushbu ajoyib qoya Islandiyaning o‘ziga xos tabiiy diqqatga sazovor joylaridan biri sifatida tanilgan.

Источник: Amul Info