XEA: Elektr energiyasi dunyodagi asosiy energiya manbaiga aylanmoqda
Amul Info ·

Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol dunyo ko‘mir, neft va tabiiy gazga qaramlikni asta-sekin kamaytirib, elektr energiyasi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, jahon iqtisodiyotida elektr energiyasi ishlab chiqarish ikki baravardan ko‘proq oshgan. Bunga sun’iy…
Xalqaro energetika agentligi (XEA) rahbari Fatih Birol dunyo ko‘mir, neft va tabiiy gazdan bosqichma-bosqich voz kechib, elektr energiyasi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. U bu haqda Turkiyada o‘tkazilayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 31-konferensiyasi (COP31) doirasida «The Guardian» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Fatih Birol jahon iqtisodiyotida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ikki baravardan ko‘proq oshganini qayd etdi. Uning tushuntirishicha, bu holat qazilma yoqilg‘i narxlarining beqarorligi va ularni tashishda yuzaga kelayotgan uzilishlar bilan bog‘liq.
«Biz avvalgidek neft va gazdan foydalanishda davom etamiz, biroq asosiy energiya manbai elektr energiyasi bo‘ladi», — dedi agentlik rahbari.
Fatih Birol elektrlashtirish jarayonining kengayishiga uchta asosiy omil ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Ular qatoriga sun’iy intellekt uchun zarur ma’lumotlarni qayta ishlaydigan markazlar sonining ortishi, global isish sababli sovitish uskunalariga talabning oshishi hamda elektromobillar sanoatining rivojlanishi kiradi.
Shuningdek, transport sohasida elektr energiyasiga o‘tish misli ko‘rilmagan sur’atlarda davom etayotgani qayd etildi. Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari mamlakatlarda elektromobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 60 foizga oshgan.