Xitoyda suvosti sayohatlari uchun mo‘ljallangan batiskaf taqdim etildi

Amul Info ·

Xitoyda suvosti sayohatlari uchun mo‘ljallangan batiskaf taqdim etildi

Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilgan dengiz iqtisodiyoti ko‘rgazmasida 200 metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘iy oladigan yangi batiskaf taqdim etildi. Maxsus oynalar bilan jihozlangan qurilma yo‘lovchilarga suvosti olamini yaqindan tomosha qilish imkonini beradi va undan tijorat maqsadlarida…

Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan dengiz iqtisodiyoti ko‘rgazmasida suvosti dunyosini tomosha qilish imkonini beruvchi yangi sayyohlik qurilmasi — batiskaf keng jamoatchilikka namoyish etildi. Bu haqda “Turkmenportal” “iz.ru” nashriga tayanib xabar berdi.

Yangi qurilma 200 metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘iy oladi. Maxsus kuzatuv oynalari bilan jihozlangan konstruksiya yo‘lovchilarga suvosti olamini tomosha qilish va dengiz tubidagi go‘zalliklarni yaqindan ko‘rish imkonini beradi.

Batiskafning uzunligi 3,7 metrni, og‘irligi esa taxminan 5 tonnani tashkil etadi. Qurilma nafaqat texnologik yangilik sifatida, balki turizm sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan vosita sifatida ham qiziqish uyg‘otmoqda. Xabarda uning tijorat maqsadlarida foydalanila boshlanganligi qayd etilgan.

Bunday qurilmalarning yaratilishi suvosti turizmini rivojlantirishga yordam beradi hamda odamlarga dengiz olamini yangicha usulda kashf etish imkoniyatini yaratadi.

Источник: Amul Info