Sergen Yalçin Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ladi
Amul Info ·

Turkiyalik murabbiy Sergen Yalçın mamlakat milliy futbol terma jamoasiga rahbarlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, to‘rt yillik shartnoma Yevropa chempionati va Jahon chempionatida ishtirok etish maqsadlarini ko‘zda tutadi.
Turkiyalik tajribali murabbiy Sergen Yalçin mamlakat futbol bo‘yicha milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilish borasida kelishuvga erishganini ma’lum qildi. U bu haqda «Kafa Sports» YouTube kanalidagi chiqishida aytib o‘tdi.
Yalçinning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda bu masala bo‘yicha muzokaralar yanada faollashgan. U milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lish o‘zi uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.
Murabbiy yangi lavozimi haqida shunday dedi: «Yulduz va yarim oy tasvirlangan bayrog‘imiz hamma narsadan ustundir. Bu qaror barchamiz va mamlakatimiz uchun xayrli bo‘lsin».
Sergen Yalçinning ta’kidlashicha, to‘rt yillik shartnoma Yevropa chempionati va Jahon chempionatida ishtirok etish maqsadlarini hisobga olgan holda rejalashtirilmoqda.