Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi
Amul Info · · g1216265

2026-yil 21–22-oktabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida bolalar farovonligi va kelajagiga bag‘ishlangan xalqaro sammit bo‘lib o‘tadi. «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli rivojlanish sari» mavzusidagi forumda yuzdan ortiq mamlakat vakillari…
2026-yil 21–22-oktabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida bolalar farovonligi va kelajagiga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi. «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli rivojlanish sari» deb nomlangan xalqaro forum dunyoning yuzdan ortiq davlatidan vakillarni bir joyga jamlaydi.
Nufuzli xalqaro uchrashuvda siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari mutaxassislarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Sammitning asosiy maqsadi bolalarning sog‘lom rivojlanishi, sifatli ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi ta’minlanishi hamda ularning har tomonlama kamol topishi bilan bog‘liq muhim masalalarni muhokama qilishdan iborat.
Forum davomida yosh avlod farovonligini oshirish, bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda kelajak avlodlar manfaatlariga yo‘naltirilgan barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha fikr va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.