Pokiston va Turkmaniston yuk va tijorat havo qatnovlarini qayta tiklashga tayyor

Amul Info ·

Pokiston va Turkmaniston yuk va tijorat havo qatnovlarini qayta tiklashga tayyor

Pokiston va Turkmaniston o‘rtasida yuk va tijorat maqsadlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yaqin vaqt ichida qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Pokistonning Ashxoboddagi elchisi Faryal Legari havo qatnovlarini tiklash bilan bir qatorda, avtomobil va temir…

Pokiston va Turkmaniston o‘rtasida yuk va tijorat maqsadidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yaqin vaqt ichida qayta tiklash bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Pokistonning Ashxoboddagi elchisi Faryal Legari Turkmaniston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maqolasida aytdi. Uning so‘zlari «Neytralniy Turkmenistan» gazetasida chop etildi.

Elchining ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini qayta tiklash bilan bir qatorda, avtomobil va temir yo‘l tizimlari orqali mintaqalararo transport-logistika aloqalarini rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega.

«Pokiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlaridan tashqari, avtomobil va temir yo‘l tizimlari orqali mintaqalararo bog‘liqlikka e’tibor qaratish orqali katta foyda olishlari mumkin», — dedi Faryal Legari.

Diplomat ikki tomon ham yaqin kelajakda yuk va tijorat maqsadidagi havo qatnovlarini qayta tiklashga tayyor ekanini aytdi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi nafaqat ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga, balki ikki tomonlama savdoni kengaytirishga, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Faryal Legari Pokiston Respublikasi Turkmaniston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlatlardan biri ekanini ham eslatib o‘tdi. Uning fikricha, Turkmaniston mustaqil davlat sifatida shakllanayotgan davrda yo‘lga qo‘yilgan diplomatik munosabatlar bugungi kunga qadar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va muntazam muloqotning poydevorini tashkil qiladi.

Diplomat Turkmanistonning doimiy betaraflik siyosati bilan Pokistonning mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qarashlari o‘zaro uyg‘un ekanini ham ta’kidladi.

Источник: Amul Info