Peruda shahar hokimi saylovida g‘olib tanga tashlash orqali aniqlandi

Amul Info ·

Peruda shahar hokimi saylovida g‘olib tanga tashlash orqali aniqlandi

Peruning Konima shahrida mer saylovida teng ovoz olgan ikki nomzoddan g‘olib tanga tashlash orqali aniqlandi. Ruben Kispe Kapaxanya va Salomino Mamani har biri 671 ovoz to‘pladi. Qur’a natijasida Ruben Kispe Kapaxanya g‘olib deb topilib, shahar meri etib saylandi.

Peruning janubidagi Puno mintaqasiga qarashli Konima shahrida hokimlik saylovida teng ovoz to‘plagan ikki nomzoddan qaysi biri g‘olib bo‘lishi tanga tashlash orqali aniqlandi. Bu haqda mahalliy RPP radiostansiyasi xabar berdi.

Saylovda «Somos Peru» partiyasidan Ruben Kispe Kapaxanya va «Mamlakat hammaga tegishli» partiyasi vakili Salomino Mamani 671 tadan ovoz oldi. Shu tariqa, nomzodlar o‘rtasida durang natija qayd etildi.

G‘olibni aniqlash uchun tanga tashlash usulidan foydalanildi. Natijada Ruben Kispe Kapaxanya g‘olib deb e’lon qilindi va Konima shahri hokimi etib saylandi.

Источник: Amul Info