Bali oroli aholisi suvdan tejamkor foydalanish haqida ogohlantirildi
Amul Info ·

Indoneziyaning Bali orolida qurg‘oqchilik xavfi ortib borayotgani sababli favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarma aholini suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi. Ogohlantirish 21–31-oktabr kunlari amal qiladi. Orolning bir nechta tumanida meteorologik qurg‘oqchilikning turli xavf…
Indoneziyaning Bali orolidagi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarma qurg‘oqchilik xavfi ortib borayotgani sababli mahalliy aholini suvdan tejab foydalanishga chaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Idora tarqatgan ogohlantirishda quruq mavsumda suv zaxiralaridan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlangan. Ogohlantirish 21–31-oktabr kunlari amal qiladi. Orolning bir nechta tumanida meteorologik qurg‘oqchilik xavfining turli darajalari e’lon qilingan.
Bundan tashqari, yong‘inlarning oldini olish maqsadida aholiga chiqindi va o‘simlik qoldiqlarini yoqmaslik, sigaret qoldiqlarini esa to‘liq o‘chirish tavsiya etildi. Shuningdek, uydan chiqayotganda elektr jihozlarini tokdan uzish hamda diniy marosimlar uchun yoqilgan olov to‘liq o‘chirilganiga ishonch hosil qilish zarurligi eslatildi.