Internet tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Amul Info ·

Internet tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Xitoylik mutaxassislar bitta optik tolali kabel orqali soniyasiga 3,2 petabit ma’lumot uzatishga erishib, yangi rekord o‘rnatdilar. Ushbu natija sun’iy intellekt va 6G texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan yuqori tezlikdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin.

Xitoylik mutaxassislar bitta optik tolali kabel orqali soniyasiga 3,2 petabit ma’lumot uzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu ko‘rsatkich ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha yangi rekord sifatida qayd etildi.

Sinov Xitoy Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari akademiyasi (CICT) bilan hamkorlikda «Peng Cheng» laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi. Ular uzunligi 10,3 kilometr bo‘lgan, 24 yadroli maxsus optik kabeldan foydalandilar.

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, erishilgan tezlik bir soniyada 4K aniqlikdagi 20 mingdan ortiq filmni uzatish imkonini beradigan o‘tkazuvchanlikka teng. Laboratoriya joriy yil boshida o‘tkazgan avvalgi sinovda soniyasiga 2,5 petabit tezlikka erishgan edi.

Mutaxassislar sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi yuqori tezlikdagi internet infratuzilmasiga bo‘lgan talabni oshirayotganini ta’kidlamoqda. Chunki sun’iy intellekt tizimlari nafaqat ma’lumotlarni qabul qiladi, balki ularni tahlil qiladi, qayta ishlaydi va foydalanuvchilarga yetkazadi.

Bundan tashqari, mobil aloqaning oltinchi avlodi — 6G texnologiyasini rivojlantirish ham yanada yuqori o‘tkazuvchanlikka ega aloqa tarmoqlarini yaratishni talab etadi.

Источник: Amul Info