Turkmaniston ta’lim vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Amul Info ·

Turkmaniston ta’lim vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Turkmaniston ta’lim vaziri Jumamyrat Gurbangeldiýev Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi doirasida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya mintaqa xalqlarining tarixiy merosi hamda buyuk olimlarning jahon ilm-fani va ta’limi rivojiga qo‘shgan hissasi bilan…

Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi doirasida Turkmaniston ta’lim vaziri Jumamyrat Gurbangeldiýew Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Turkmaniston delegatsiyasi xalqlarning boy tarixiy merosi, buyuk olimlarning jahon ilm-fani, ta’limi va tafakkur madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi ajdodlar yaratgan ilmiy va ma’naviy merosni o‘rganish, uni bugungi va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy-ma’rifiy maskandir. Markaz ekspozitsiyalarida buyuk olimlarning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ularning ilm-fan va ta’limga intilishi, keng dunyoqarashi hamda bilim va ma’rifatni targ‘ib qilish an’analari keng yoritilgan.

Markazning ko‘rgazma bo‘limlari bilan tanishgan mehmonlar Markaziy Osiyo xalqlarini umumiy tarix, ma’naviy qadriyatlar hamda ilm-fan va ta’limga bo‘lgan hurmat birlashtirishiga yana bir bor amin bo‘ldilar.

Источник: Amul Info