Saudiya Arabistonining CEER brendi o‘zining ilk elektromobillarini taqdim etdi
Amul Info ·

Saudiya Arabistonining ilk avtomobil brendi bo‘lgan CEER kompaniyasi EXOBOT nomi ostidagi ilk elektromobillarini namoyish etdi. Yangi modellar qatoridan EXOBOT sedani hamda yo‘lsiz hududlarda harakatlanish uchun mo‘ljallangan avtomobil o‘rin olgan. Ular kompaniya kelgusi besh yil ichida ishlab…
Saudiya Arabistonining ilk avtomobil brendi bo‘lgan «CEER» kompaniyasi o‘zining EXOBOT nishonli ilk elektromobillarining taqdimot marosimini o‘tkazdi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida ishlab chiqilgan yangi avtomobillar yuqori xalqaro standartlarga muvofiq yaratildi. EXOBOT sedani va yo‘ltanlamas avtomobili kompaniyaning yaqin besh yil ichida ishlab chiqarishni rejalashtirgan yettita yangi modelining dastlabkilaridir.
Kelgusida «CEER» turli xil turdagi kuch qurilmalari bilan jihozlangan o‘rta o‘lchamli va kompakt avtomobillar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
«CEER» kompaniyasiga asos solgan Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasining direktorlar kengashi raisi, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud yangi elektromobillarning ishlab chiqarishga chiqarilishi mamlakatda barqaror va rivojlanib borayotgan avtomobil sanoatini shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam ekanligini ta’kidladi.
Yangi loyiha Saudiya Arabistonining milliy avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish va elektromobillar sektoridagi imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari doirasida amalga oshirilmoqda.